Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakil Xaver Kolomin bilan uchrashdi.

«Dunyo» axborot agentligining xabar berishicha, suhbatda O‘zbekiston NATOni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb bilishi va tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan masalalarning butun ko‘lami bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish tarafdori ekani ta'kidlangan.
Shuningdek, qo‘shma sa'y-harakatlar samarasida O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi muloqot rivojlanishda davom etishi hamda mamlakat harbiy qurilishi sohasida muhim yo‘nalishlardan biri xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish hisoblanishi qayd etilgan.
“Uchrashuvda Alyansning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi doirasida O‘zbekistonning NATO bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:44 / 16.12.2025
NATOdan tashqari, lekin shunga o‘xshash kafolat: Rossiya bunga rozi bo‘ladimi?
15:29 / 12.12.2025
NATO bosh kotibi Mark Ryutte: “Rossiyaning navbatdagi maqsadi - biz”
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
15:10 / 06.12.2025