Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudga murojaat qilishda «yagona darcha» tartibi joriy etiladi
Prezidentning “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari va manfaatlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra bir sud ishi doirasida ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma'muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga odil sudlovga erishishda imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab sudga murojaat qilishda “yagona darcha” tartibi joriy etiladi.
Bunda, da'vo arizalari, arizalar hamda shikoyatlarni sudga bevosita topshirishdan tashqari davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi hamda ularni ko‘rib chiqish holati fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan masofadan turib onlayn tarzda kuzatib boriladi.
Sudlar tomonidan da'vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish taqiqlanadi hamda da'vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ish uni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkaziladi (boshqa davlat organi yoki tashkilot vakolatiga kirgan hollar bundan mustasno).
Adliya vazirligi 2022 yil 1 dekabrga qadar fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlariga ularning da'vo arizasi, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish holatini masofadan turib onlayn kuzatib borish uchun maxsus kodni “SMS” xabar orqali yuborish tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026