O‘zbekiston | 10:58 / 28.10.2021
955
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroning xonadonini tunagan o‘g‘rilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida fuqaroning xonadonini tunagan o‘g‘rilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 oktyabr kuni, Uzun tumani Chaqar mahallasida yashovchi, Sh.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida akasi Sh.I.ning uyidan noma'lum shaxslar jami 3 million 250 ming so‘mlik har xil turdagi elektr buyumlari, tikuv mashinasining motori hamda «Samsung» rusumli telefonni o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Uzun tumani Chaqar mahallasida yashovchi K.I. va N.S. sodir etishgani aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 12 oktyabr kuni K.I. va N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v, g» va 3-qismi «a» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid