Jahon | 23:47 / 31.10.2021
3302
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi gaz quvurida bir nechta portlash yuz berdi

Meksikaning Puebla shtatida Pemex davlat kompaniyasiga tegishli gaz quvurida bir nechta portlash yuz berdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador ma'lum qildi. Portlashlar gazni o‘g‘irlashga urinish sababli yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Foto: Reuters / Imelda Medina

Voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohat olgan. Portlash oqibatlarini bartaraf etish uchun fuqaro himoyasi xizmatlarining 1,4 ming xodimi jalb qilingan.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, San-Pablo Xochimeuakan munitsipalitetida gaz sizib chiqqani haqidagi xabardan keyin 1 km radiusda 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlardan 5 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid