Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘paydi
Mamlakatda 1 noyabrdan karantin choralari yumshatilgandi. Xususan, umumiy ovaqtlanish va madaniyat muassasalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar to‘liq olib tashlandi.
Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni keskin o‘sdi, deb xabar berdi mamlakat kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish milliy boshqarmasi.
Ma'lumot berilishicha, o‘tgan sutkada 2 482ta yangi holat qayd etilgan. Ketma-ket ikki kundan buyon qariyb 2,5 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanmoqda. Sog‘liqni saqlash organlari kasallikka chalinishlar soni yanada o‘sishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Mamlakatda 1 noyabrdan karantin choralari yumshatilgandi. Xususan, umumiy ovaqtlanish va madaniyat muassasalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar to‘liq olib tashlandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Janubiy Koreyada 373,1 mingdan ortiq insonda infeksiya aniqlangan, 2 916 kishi kasallikdan vafot etgan. Mamlakat aholisining 75,2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026