O‘zbekiston | 09:46 / 07.11.2021
56754
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda sodir bo‘lgan avtohalokatda 8 kishi vafot etdi

Navoiyda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan mashinalar to‘qnashuvida bank boshqaruvchisi halok bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2021 yil 6 noyabr kuni Navoiyda insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani, ularning 3 nafari bank xodimi ekani aytilmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, voqea Navoiy-Nurota yo‘lida sodir bo‘lgan. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ikkita Nexia mashinasi to‘qnashib ketgan. Mashinalarning bittasi yo‘l chetiga ag‘darilgan, ikkinchisi esa yonib ketgan. 

Avtohalokat oqibatida AT Xalq banki Nurota tuman filialining boshqaruvchisi, 29 yoshli Temurmalik Pirmatov, bosh hisobchisi, 40 yoshli Muzaffar Saidov hamda monitoring bo‘limi boshlig‘i, 32 yoshli Yunusjon Ravshanov voqea joyida vafot etgan. Yonib ketgan mashinada 5 kishi bo‘lgan va ular ham voqea joyida halok bo‘lgan. 

Foto: Telegram

Oldinroq kuzatilgan qum bo‘roni tufayli Konimex tumanida 3ta mashina to‘qnashuvida bir kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid