2021 yil 4 noyabr kuni kuzatilgan qum böroni tufayli Konimex tumanida 3 ta maşina iştirokida inson ölimi bilan boğliq avtohalokat sodir bölgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, voqea 4 noyabr kuni soat 13:30larda Konimex tumani hududidan ötuvçi A-379 avtomobil yölida sodir bölgan. 1985 yilda tuğilgan U.T. boşqaruvidagi “Captiva”, 1962 yilda tuğilgan M.E. boşqaruvidagi “Nexia” hamda 1984 yilda tuğilgan A.T. boşqaruvidagi “Cobalt” maşinalari töqnaşib ketgan. Hodisaga qum böroni körinişni çeklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bölgan.
Oqibatda “Cobalt” rusumli avtomobilda bölgan yölovçi olgan oğir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda “Lacetti” maşinasi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgandi.
















