Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daraxtga urilgan "Lasetti" haydovchisi bilan birga yonib ketgan
Uychida tuman markazi tomonga harakatlangan "Lasetti" mashinasi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay daraxtga urilishi oqibatida yonib ketgan. Bu haqda Namangan IIB matbuot xizmati xabar berdi.
4 noyabr kuni tungi soat 23:30 larda Uychi tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro "Lasetti" mashinasini Jiydakapa-Uychi-Chortoq avtomobil yo‘lining 4 km.da Uychi yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni chap tomonga chiqib ketgan va daraxtga urilgan. Oqibatda avtomashina yonib ketgan va haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026