Jahon | 16:51 / 09.11.2021
4145
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda bir hafta ichida ikkinchi vazir iste'foga chiqdi

Avvalroq ichki ishlar vaziri Luis Barransuela pandemiya davrida IIVning o‘zi joriy etgan tartibini buzib bazmlar o‘tkazishda ayblanganidan so‘ng iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.

Foto: Shutterstock

Peru mudofaa vaziri Uolter Edison Ayala Gonsales iste'foga chiqishini e'lon qildi.

«O‘z lavozimimni respublika prezidenti va qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoniga topshiraman», - deb yozdi u tvitterida.

El Comercio gazetasining yozishicha, vazir qator yuqori lavozimdagi harbiylarning u mamlakat prezidenti Pedro Kastiloga yaqin odamlarni rahbarlikka olib chiqish uchun bosim o‘tkazayotgani to‘g‘risidagi shikoyatlaridan so‘ng iste'foga chiqqan.

2 noyabr kuni ichki ishlar vaziri Luis Barransuela pandemiya davrida IIVning o‘zi joriy etgan tartibini buzib bazmlar o‘tkazishda ayblanganidan so‘ng iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.

Mavzuga oid