Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja savdolarida benzin narxi 9 foizga arzonlashdi
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshgan.
Joriy yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4 ming 438,9 tonna AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 3 ming 339,7 tonna yoki 75 foizi sotilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi ma'lumot bermoqda.
«Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida, 15 noyabrga nisbatan 18 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 mln 129 ming so‘mdan 9 mln 180,5 ming so‘mgacha pasayib, 9 foizga arzonlashdi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshgan (32 tadan 119 taga).
Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev benzin narxi oshishida manipulyatsiya holatlari aniqlanganini va ko‘rilayotgan choralar sabab yaqin orada narxlarda o‘zgarish bo‘lishi mumkinligi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026