O‘zbekiston | 13:08 / 20.11.2021
1900
1 daqiqa o‘qiladi

Kegeylida baliqlar qirilishiga sabab bo‘lgan korxonaga jinoyat ishi ochildi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Kegeyli tumani Dukir kollektoridagi mayda baliqliklar o‘lib qolgani aks etgan video tarqaldi. Unda aytilishicha, baliqlar qizilmiyani qayta ishlovchi korxonaning chiqindi suvlaridan zararlangan.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan. Tekshirish natijasiga ko‘ra, suvning ifloslantirilganligi hamda hayvonot dunyosiga 51 mln. 840 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Biroz oldin Ustyurt tekisligida 11 bosh jayronni ovlagan 2 nafar brakoner 4 yilga qamalgandi.

Mavzuga oid