12 iyun kuni Nukus şahridan Çimboy tumani yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan ikki maşina töqnaşiş oqibatida ikki kişi vafot etdi va ikki kişi jarohatlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şu kuni soat 14:30 da Nukus-Çimboy-Taxtaköpir avtomobil yölining 43 va 44-kilometr oraliğida B.M. boşqaruvidagi Lacetti transport vositasi yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib, R.T. boşqaruvidagi Labo avtomaşinasi bilan töqnaşgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki avtomobil ham bölinib ketganini köriş mumkin.
YTH oqibatida Labo haydovçisi R.T. hamda Lacetti içida bölgan yölovçi Ş. S. voqea joyida vafot etgan, haydovçi B.M. va yölovçi — voyaga yetmagan A.B. turli darajadagi tan jarohatlari bilan Kegeyli tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Qoraqalpoğiston IIV huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlariga kirişilgan.

















