Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Kegeyli tumanida ötkazilgan töy marosimida haydovçilar yöl talaşib, atay holatda bir neçta maşinalarni töqnaştirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 12 iyun kuni Kegeyli tumanida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan A.N.ning nikoh töyi ötkazilgan. Kuyov Nukus şahrida joylaşgan “Karavan saray” töyxonasidan Mercedes maşinasida töy sayliga çiqqan. Töy kortejida jami 9 ta maşina Nukus şahridan Kegeyli tumaniga qarab harakatlangan.
Fuqaro A.N. töy sayli boşlanişidan oldin kim u ötirgan maşina orqasidan birinçi bölib yetib borsa, öşa haydovçiga 200 AQŞ dollar berişini va’da qilgan. Töy saylida qatnaşgan maşinalar haydovçilari kortej Kegeyli tumaniga yetib kelgaç, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, tumanning Nurli quyoş köçasida kuyov ötirgan Mercedes ortidan yöl talaşib, bir-biri bilan töqnaşgan.
Holat böyiça olib borilgan suriştiruv işlari davomida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan. Töy saylida iştirok etgan 9 ta maşina jarima maydoniga qöyilib, haydovçilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, hozirda haydovçilarga nisbatan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) böyiça ma’muriy iş qözğatilgan.

















