Joriy yilning may oyida Qoraqalpoğistonda «Özbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan jayronlarni noqonuniy ravişda ovlagan brakonerlar qölga olingani haqida xabar bergandik.

Öşanda Qönğirotdagi «Jasliq» MFYda yaşovçi T.B. va B.R. tomonidan Ustyurt tekisligida noqonuniy ravişda «Qizil kitob»ga kiritilgan 11 boş jayronni ovlagani, yonlarida 11 juft şox borligi aniqlangan.

«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat boğining axborot xizmati oradan 6 oy ötib, holat yuzasidan qöşimça ma'lumot berdi.

Ma'lum bölişiça, Prokuratura tomonidan tergov, suriştiruv işlari olib borilib, sud organiga yuborilgan. Sud jarayoni 2 noyabr kunida yakunlanib, Jinoyat işlari böyiça Qönğirot tuman sudi tomonidan hukm öqilgan.

Unga köra, qonunbuzar R.B.ga nisbatan 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, qonunbuzar T.B.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi hamda hayvonot dunyosiga keltirilgan jami 404 million 250 000 söm zarar «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat boği foydasiga undirişga qaratildi.

Sentabr oyida Törtköl va ellikqal'alik ovçilar Taxtaköpirda 2 ta jayronni öldirgandi.