Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Besh mamlakat birgalikda strategik neft zaxiralaridan foydalanishga kelishib oldi
Qayd etilishicha, Jo Bayden strategik neft zaxiralaridan foydalanish qarorini butun dunyo mamlakatlari rahbarlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilgan.
Foto: Reuters
AQSh Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya bilan birgalikda strategik neft zaxiralaridan foydalanishga qaror qildi.
“Prezident dunyo pandemiyadan chiqayotgan davrda ta'minot muammosini hal qilish uchun butun dunyo mamlakatlari bilan ish olib bordi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.
Ta'kidlanishicha, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya bilan birgalikda strategik neft zaxiralaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bayonotga ko‘ra, Bayden strategik neft zaxiralaridan foydalanish qarorini butun dunyo mamlakatlari rahbarlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilgan. Vashingtonning bildirishicha, neft narxi muammosi bo‘yicha dastlabki natijalar ko‘zga tashlanmoqda.
“Oxirgi bir necha hafta davomida neft narxi 10 foizga pasaydi”, — deyiladi AQSh ma'muriyati tomonidan.
Avvalroq Bloomberg agentligi AQSh va boshqa mamlakatlarning o‘z neft zaxiralaridan foydalanishga tayyorlanishi “OPeK+ mamlakatlari AQShning neft qazib olishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi chaqirig‘iga quloq solmaganidan so‘ng yirik iste'molchi mamlakatlarning neft narxini tushirish bo‘yicha bemisl harakati” ekanini yozgandi.
Mavzuga oid
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025