Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident poytaxtda jinoyatchilar orasida «soliq yig‘uvchilar» paydo bo‘lgani haqida gapirdi
Poytaxtda jinoyatchilik darajasi ortgani, jinoyatchilar orasida «soliq yig‘uvchilar» paydo bo‘lgani haqida gapirilib, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va shahar prokuroriga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
23 noyabr kuni Shayxontohur tumanida bo‘lgan prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jinoyatchilik holatlari oshgani haqida gapirib, shahar IIBB boshlig‘i hamda shahar prokurori faoliyatini tanqid ostiga oldi.
«Toshkentdagi jinoyatchilik bo‘yicha vaziyatni men aytmay, sizlar eshitmang. Jinoyatchilar orasida «soliqchilar» paydo bo‘ldi hozir. Ular bozorlardan soliq undirishyapti, davlatdan alohida soliq oladigan guruhlar paydo bo‘lgan. Men yer tagida ilon qimirlasa bilaman. Biz bundaylarni darhol jilovlashimiz kerak, jilovlaymiz ham», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i hamda shahar prokurori faoliyati yetarli bo‘lmayotganini aytib, ularni keskin tanqid qildi.
«Ularga bu lavozim jinoyatchilikning oldini olish uchun berilgan. Biz ularni jilovlamasak, ular bizni jilovlaydi ayrim davlatlardagi kabi.
Jinoyatlarning 75 foizi yoshlar tomonidan sodir etilyapti. Jinoyatlarning, korrupsiyaning oldini olish uchun mahalla bilan hamkorlikda ishlash kerak», deya ta'kidladi Mirziyoyev.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 2020 yildan buyon Aziz Toshpo‘latov rahbarlik qilmoqda.
Toshkent prokurori lavozimida 2021 yil fevralidan buyon Ulug‘bek Qosimov ishlamoqda.
Shaharda to‘rtinchi sektor rahbari esa yangi — Toshkent shahrining avvalgi bosh soliqchisi Navoiy viloyatiga hokim bo‘lib ketgach, shu yilning 16 noyabrida Yunusjon Nasimjonov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
13:51 / 11.12.2025
IIV va FIA O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka kelishdi
17:08 / 25.10.2025
Ichki ishlar vazirligini kimlar boshqargan?
16:28 / 20.10.2025
Tirbandlikni kamaytirish uchun Toshkent chekkasida yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari quriladi
18:10 / 08.10.2025