Prezident farmoniga muvofiq, Bahriddin Bahodiroviç Valiyev Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
3-darajali davlat adliya maslahatçisi Bahriddin Valiyev 2017-2019 yillarda Buxoro viloyati prokurori bölgan, 2019 yil yozidan buyon Toşkent şahar prokurori lavozimida işlab kelayotgandi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, endilikda Uluğbek Berdiqobiloviç Qosimov Toşkent şahrining yangi prokurori böladi.

Uluğbek Qosimov 1983 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boşlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, Qumqörğon tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bölib işlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil sentyabrida Farğona viloyatiga prokuror bölgandi.

















