Yunusjon Nasimjonov Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugun, 16 noyabr kuni Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Yunusjon Nasimjonovni mutasaddi idora vakillariga taniştirgan.
Yunusjon Nasimjonov 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1991 yilda Toşkent davlat texnika universitetini, 1997 yilda Toşkent moliya institutini «Moliya va kredit» mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Yu.Nasimjonov uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
U soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Toşkent şahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi Davlat korxonalariga soliq soliş bölimi davlat soliq inspektori lavozimidan boşlagan.
Yu.Nasimjonov soliq organlaridagi faoliyati davomida Farğona va Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği, Toşkent şahar Yaşnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimlarida ham işlagan.
Avvalroq, Toşkent şahar boş soliqçisi Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
Normat Tursunov 2018 yil yozidan buyon Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

















