Jahon | 20:42 / 25.11.2021
13441
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi

«Ukraina suverenitetiga tahdid soladigan har qanday tajovuz qimmatga tushadi», - dedi Merkel.

Foto: AFP

Ukrainadagi vaziyat keskinlashgan taqdirda YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi lozim. Bu haqda Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, YeI Polsha chegarasiga hujum qilayotgan qochqinlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Belarus va Ukraina chegarasida qo‘shinlarini joylashtirayotgan Rossiya bilan munosabatlar masalasida birdamlik ko‘rsatishi kerak.

«Ukraina suverenitetiga tahdid soladigan har qanday tajovuz qimmatga tushadi», — dedi Merkel.

Eslatib o‘tamiz, 26 sentyabrda o‘tkazilgan Bundestag saylovlaridan keyin olib borilgan ikki oylik muzokaralardan so‘ng Angela Merkel o‘rnini Olaf Shols egallaydi.

Mavzuga oid