Alisher Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank» aksiyalarini xarid qildi
Noyabr oyi boshida bankning 50 foiz ulushi Oybek Tursunovga o‘tgandi.

Foto: «Kapitalbank» matbuot xizmati
«Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki 215,3 mlrd so‘mlik aksiyalari qo‘shimcha emissiyasini joylashtirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bankning ushbu aksiyalarini Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasi shu'ba korxonasi — «Telekominvest» MChJ xarid qilgan.
«Kapitalbank»ning aksionerlari ulushida ro‘y bergan so‘nggi o‘zgarishga ko‘p bo‘lmadi. Joriy yil noyabr oyi boshida tijorat bankining 34,1 foiz ulushini Oybek Tursunov sotib olgandi va shu bilan Tursunov egalik qiladigan aksiyalar ulushi 50 foizga yetgandi. Uning qo‘lidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani tashkil qilmoqda
Alisher Usmonovga qarashli kompaniyaga esa 65 973 307 dona aksiya o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida USM Telecom (Alisher Usmonovning USM holdingi shu'ba korxonasi) va «Megafon» aloqa kompaniyasi (100 foiz ulushi USM Telecom’ga tegishli) Digital Holding qo‘shma korxonasiga asos solgan, uning tarkibiga Ucell aloqa operatori va boshqa qator mahalliy kompaniyalar kirgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rubio Ukrainadagi urushni tugatishning dastlabki bosqichlarini ma’lum qildi
Jahon | 08:06
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
Mavzuga oid

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025
Alisher Usmonov Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi

17:20 / 04.02.2025