Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xonadonida qimorxona tashkil etgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Urgut tumanida xonadonida qimorxona tashkil etgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 noyabr Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida yashirin qimorxona fosh etilgan.
Tumanining Boybul qishlog‘ida yashovchi 34 yoshli fuqaro o‘zining yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini tashkil etib kelayotganligi to‘g‘risida olingan ma'lumotga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Mazkur fuqaro kirakashlik faoliyatidan tashqari qo‘shimcha moddiy daromad topish maqsadida 19 nafar shaxsga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini tashkil qilib kelayotganligi aniqlangan.
Tadbir davomida o‘yin qatnashchilaridan 265 ming so‘m pul, 24 dona o‘yin biletlari, 90 dona raqamlangan o‘yin toshlari hamda ishtirokchilardan esa jami 8 million 400 ming so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:34 / 08.05.2026
Urgutdagi “ibtidoiy” poliklinika to‘rt oyda qanday o‘zgardi?
17:32 / 03.03.2026
Andijonda ta’lim mansabdorlari qimor o‘ynayotganda ushlangan
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
09:29 / 10.11.2025