O‘zbekiston | 21:43 / 30.11.2021
65914
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaro Mercedes Benz S500 avtomobilini Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qildi

Fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovna o‘ziga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli avtomobilni Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz taqdim etdi.

Foto: Electric Vehicle Web

Shahar hokimining 30 noyabrdagi qarori bilan fuqaroning taklifi ma'qullandi va avtomobil hokimlik balansiga qabul qilindi. E-qaror platformasiga joylangan hujjatga Telegram'dagi “Hokim qarori” kanali e'tibor qaratdi.

Qarorda avtomobil qora rangda ekani, “01 M 798 HM” davlat raqam belgisiga egaligi qayd etilgan; ishlab chiqarilgan yiliga aniqlik kiritilmagan.

Ham benzin, ham elektr zaryadida harakatlanuvchi Mercedes-Benz S500 gibrid modeli 2014 yildan sotuvga chiqqan.

Avtoelon.uz saytiga 30 noyabr kuni joylangan e'londa 2021 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S 500 rusumli avtomobil 223 ming yevroga narxlangan. E'lon muallifi o‘zini Mercedes-Benz'ning rasmiy dileri deb tanishtirgan.

  • Poytaxt hokimining qaroriga asosan, hokimlikning ishlar boshqarmasiga mashinani texnik ko‘rikdan o‘tkazib, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rish topshirilgan.
  • Shahar moliya boshqarmasiga bu avtomobilni saqlash xarajatlarini 2022 yilgi mahalliy budjetga kiritish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga oid