Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 8 marta yo‘lovchi poyezdi qatnaydi
Maxsus yo‘lovchi poyezdi 6, 10, 13, 17, 20, 24, 27 dekabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi. Ilk qatnov esa 4 dekabr kuni boshlangan.
Dekabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 8 marotaba qatnovi amalga oshiriladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, mazkur qatnovlar pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga mamlakatga qaytishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Ilk reys 4 dekabr kuni “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan boshlangan bo‘lsa, qolgan reyslar 6, 10, 13,17, 20, 24, 27 dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temir yo‘l vokzalidan amalga oshiriladi.
“Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya'ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin”, deyiladi xabarda.
Izoh berilishicha, qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026