Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Bayden o‘rtasidagi suhbat tafsilotlari ma’lum qilindi
Ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi inqiroz va 2015 yildagi Minsk kelishuvlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.
Foto: The White House via Reuters
Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida o‘tkazilgan videomuloqot tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi inqiroz va 2015 yildagi Minsk kelishuvlarining bajarilishida siljish yo‘qligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.
«Putin Kiyevning kelishuvlarni bajarmayotgani va Ukrainaning Donbassdagi ig‘vogarona harakatlarini ta’kidladi. Bunga javoban Bayden Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralari yaqinidagi «xatarli» harakati va vaziyat keskinlashgan taqdirda AQSh va uning sheriklari joriy etadigan sanksiyalar haqida ma’lum qildi», deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, Rossiya prezidenti «aynan NATO Ukraina hududini o‘zlashtirishga urinayotgani va chegaralarda harbiy salohiyatini oshirayotganini» ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva alyansning Sharqqa tomon kengaymasligi borasida yuridik kafolat olishdan manfaatdor.
«Yetakchilar o‘z vakillariga mazkur nozik masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarga kirishishlari bo‘yicha topshiriq berishga kelishib oldi», — deyiladi Kreml xabarida.
Rossiya prezidenti maslahatchisi Dmitriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘zaro diplomatik missiyalar faoliyatini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Vladimir Putin va Jo Bayden ikki soat davomida videomuloqot o‘tkazdi.
Mavzuga oid
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026