Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkasi o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolinmoqda.
Foto: Kun.uz
9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
MB boshqaruvining bundan oldingi oxirgi yig‘ilishi 21 oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Regulyatorning asosiy stavkasi so‘nggi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgargan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.
O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng, 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:36 / 19.12.2025
Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
16:37 / 11.12.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:09 / 10.12.2025