Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar muntazam armiya shakllantirishni boshladi
9 dekabr kuni milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yaqub Mujohid mudofaa vazirligi rahbariyatining birinchi yig‘ilishini o‘tkazgan.
“Tolibon” harakati muntazam qurolli kuchlarni shakllantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzdi.
Qayd etilishicha, 20 nafar a'zodan iborat komissiya Afg‘oniston milliy armiyasini tashkil etish bo‘yicha reja tuzadi.
“Yigirma nafar a'zodan iborat mazkur qo‘mita mamlakat xalqi xavfsizligi va tinchligini ta'minlash maqsadida hukumat va islom tuzumi ehtiyojlari asosida mudofaa vazirligi doirasida sodiq, intizomli, halol va mas'uliyatli armiyani shakllantirishga mas'ul bo‘ladi”, — deyiladi toliblar mudofaa vazirligi xabarida.
Ma'lumot berilishicha, 9 dekabr kuni milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yaqub Mujohid mudofaa vazirligi rahbariyatining birinchi yig‘ilishini o‘tkazgan.
Shu kuni qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin Fitrat harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni mavlaviy Omonuddin Mansurni shaxsiy tarkibga tanishtirgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026