Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatdi – OAV
Ta'kidlanishicha, mazkur yordam paketi ajratilishi to‘g‘risida o‘tgan haftada e'lon qilinishi kerak edi, ammo Oq uy yakuniy qaror chiqarishni kechiktirdi.
Foto: Andriy Dubchak / AP
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Ukrainaga 200 mln dollarlik harbiy yordam taqdim etishni noma'lum muddatga ortga surdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mazkur yordam paketi ajratilishi to‘g‘risida o‘tgan haftada e'lon qilinishi kerak edi, ammo Oq uy yakuniy qaror chiqarishni kechiktirdi. Bu Ukraina-Rossiya chegarasidagi vaziyatni yumshatish borasida “diplomatik sa'y-harakatlar uchun ko‘proq vaqt berish” bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tezkor tartibda havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemalarga qarshi raketalar, tankka qarshi Javelin raketalari, radioelektron va radiolokatsion tizimlar, zamonaviy artilleriya o‘qlari va dori-darmonlar taqdim etilishini so‘ragandi.
Telekanalning qayd etishicha, Kiyev bir oycha avval bu so‘rovga ijobiy javob olgan, shu bois hozirda Ukraina hukumati “hayratda” va nima uchun yordam taqdim etilmaganini tushunmayapti.
Shu bilan birga, manbalar ushbu yordam partiyasi Oq uy tomonidan Moskvaga nisbatan bosim sifatida ko‘rilayotgani, yordam Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakat boshlagan taqdirda taqdim etilishini istisno qilmagan.
Mavzuga oid
14:06
Politico: Rossiya Ukrainaga ZAES elektr energiyasini bo‘lishni taklif qildi
13:13
AQShda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar elchixona orqali yordam so‘radi
12:03
Germaniyada Abu-Dabi uchrashuvi natijalariga shubha bilan qaraldi
10:37