O‘zbekiston | 17:38 / 14.12.2021
25016
2 daqiqa o‘qiladi

DSQ raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining lavozimi ko‘tarildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Sirojiddin Eshmatov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Nigoh» kanali xabar bermoqda.

Sirojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1999 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1992 yilda Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik vazifasidan boshlab, 27 yil davomida viloyat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ham bo‘lgan Eshmatov 2019 yil martidan buyon Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

  • Davlat soliq qo‘mitasida raisning beshta o‘rinbosari lavozimi bor. Ayni vaqtda Mubin Mirzayev, Olimjon Fayziboyev, Jahongir Abdiyev va Mirziyod Mahkamov rais o‘rinbosarlari hisoblanishadi. Shu vaqtgacha bitta o‘rinbosar o‘rni vakant edi - katta ehtimol bilan Eshmatov aynan shu o‘rinni to‘ldirgan.

Mavzuga oid