Xitoy kompaniyasi 2022 yilda 1,2 mln dona elektromobil sotishni rejalashtirdi
Qayd etilishicha, BYD 600 ming dona elektromobil va 600 ming dona gibrid avtomobil sotishni rejalashtirgan.
Investor Uorren Baffet qo‘llab-quvvatlaydigan Xitoyning BYD kompaniyasi kelgusi yilda 1,2 mln donagacha elektromobil sotmoqchi. Bu haqda CnEVPost xabar berdi.
Kompaniya mazkur rejasi haqida investorlar bilan o‘tkazilgan konferens-qo‘ng‘iroq chog‘ida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, BYD 600 ming dona elektromobil va 600 ming dona gibrid avtomobil sotishni rejalashtirgan.
Xitoyda kelasi yilda elektromobillar sotuvi hajmi 4,5–5 mln donani tashkil etishi prognoz qilingan. Agar BYD o‘z maqsadiga erishsa, uning bozordagi ulushi 25 foizgacha oshadi.
Avvalroq Xitoy kompaniyasi Farg‘onada uch modeldagi elektromobillar ishlab chiqarishi haqida xabar qilingandi.
O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 10 oyida O‘zbekistonga Xitoydan 551 dona elektromobil olib kirilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 08.10.2024
Xitoy YeIning elektromobillar borasidagi qaroriga javoban Yevropa alkogol mahsulotlariga yangi boj joriy etdi
16:40 / 08.10.2024
Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda
18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi
12:30 / 05.10.2024