Qömita xabariga köra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Özbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 mln AQŞ dollariga teng bölgan 613 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oşgan.

2021 yilning 10 oyida Özbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 551 ta;
  • Turkiya – 24 ta;
  • Litva – 13 ta;
  • Germaniya – 9 ta;
  • AQŞ – 7 ta;
  • Koreya – 5 ta;
  • Ispaniya – 2 ta;
  • Rossiya – 1 ta;
  • Hongkong – 1 ta.

2021 yilning oktabr oyida Özbekiston xorijdan 55 ta elektromobil import qilgan.

Avvalroq, elektromobillar uçun alohida davlat raqami belgilari berilişi ma'lum qilingandi.