Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin bilan qachon muzokara o‘tkazishi mumkinligi aytildi
Ta’kidlanishicha, Ukraina prezidenti «uning qo‘ng‘irog‘ini kutishayotganiga va unga javob berishga tayyorliklariga ishonch hosil qilmagunicha qo‘ng‘iroq qilmaydi».
Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qanday sharoitda telefon orqali muloqot qilishi mumkinligini aytdi.
Yermakning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy suhbat uchun mavzu mavjudligiga ishonch hosil qilganidagina Putin bilan muloqotga kirishadi. Uning aytishicha, Ukraina prezidenti «uning qo‘ng‘irog‘ini kutishayotganiga va unga javob berishga tayyorliklariga ishonch hosil qilmagunicha qo‘ng‘iroq qilmaydi».
«Bu yil muloqot o‘rnatish uchun bir marta urinish bo‘ldi. Suhbat nima sababdan o‘tkazilmaganini eslay olmayman. Shu bois Rossiya prezidenti tayyorligi va suhbat uchun mavzu borligiga ishonch hosil qilinganidan keyingina muloqot bo‘lib o‘tadi», — dedi Yermak.
Avvalroq Zelenskiy o‘zaro uchrashuv masalasini kelishib olish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025