Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Ukrainadagi vaziyat tufayli jangovar shaylikni kuchaytirdi
Boltiq dengizida joylashgan va muhim strategik ahamiyatga ega Gotland oroliga alohida e’tibor qaratilgan.
Shvetsiya jangovar shaylik darajasini kuchaytirdi, deb ma’lum qildi mamlakat armiyasi bosh qo‘mondoni Mikael Byuden Dagens Nyheter nashriga bergan intervyusida.
"Mavjud vaziyatdan kelib chiqib shaylik darajamizni muvofiqlashtirdik. Vaziyat jiddiy va xavotirli. Biz vaziyat rivojlanishining turli variantlariga tayyormiz", - dedi Byuden.
Boltiq dengizida joylashgan va muhim strategik ahamiyatga ega Gotland oroliga alohida e’tibor qaratilgan.
"Ukraina va Yevropadagi keskinlik sharoitida jangovar shaylikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar Gotland va Boltiq dengizini ham o‘z ichiga oladi. Biz turli yo‘nalishlarda harakat qilishga tayyor turishimiz lozim", - dedi u.
Oxirgi vaqtda g‘arb mamlakatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotlarni asossiz deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmayapti.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026