Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yuk mashinasi yonib ketdi
Avtomobilning orqa chap shinasidan kelib chiqqan yong‘in natijasida avtomoshina saloni va kuzov qismlari to‘liq yonib ketgan.
Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, 26 dekabr kuni soat 8:55 larda Qarshi shahar FVBga Qarshi-G‘uzor avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuk mashinasi yonayotgani haqida xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga soat 9:05 larda Qarshi shahar FVBdan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Soat 09:30 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida Chiroqchi tumani To‘qmor qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro N.S. ga tegishli MAN rusumli yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan.
Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisaga avtomobilning orqa chap shinasidan kelib chiqqan yong‘in sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026