Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja savdolarida benzin narxi arzonlashdi
O‘tgan hafta davomidagi birja savdolarida benzin narxi 4,8 foizga, paxta yog‘i narxi 0,8 foizga, shakar narxi 1,3 foizga arzonlashgan.
Foto: TASS
20–26 dekabr kunlari «O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 trln 302,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,6 foizga ko‘pdir.
Benzin
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 mln 151,3 ming so‘mdan 7 mln 762,3 ming so‘mgacha, ya’ni 4,8 foizga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 rusumli avtomobil benzini bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narx mahsulotning bir tonnasi uchun 7 mln 914,2 ming so‘mni tashkil etgan.
Paxta yog‘i
Hisobot davrida barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 mln 745,9 ming so‘mdan 15 mln 616,9 ming so‘mgacha yoki 0,8 foizga arzonlagan.
Shakar
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 mln 864,9 ming so‘mdan 7 mln 759,9 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3 foizga pasaygan.
Mavzuga oid
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
15:22 / 30.12.2025
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
20:28 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el kompaniyalarining aksiyalari savdosiga ruxsat berilishi mumkin
13:14 / 04.12.2025