Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim muassasalariga kiyim-boshga doir talablarni belgilash vakolati o‘tkazildi
Foto: Kun.uz
“Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi: chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan davlat OTMlariga ko‘chirish; qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash; amaliyot o‘tashni tasdiqlash; kiyim-boshga doir talablarni belgilash.
2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:
- akademik mustaqillik sohasida: o‘quv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, ta’lim shaklini belgilash; o‘qish davomiyligi muddatini belgilash; doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, o‘z hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qo‘shimcha qabul qilish; doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash; magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki ta’limni joriy etish; akademik mobillikni amalga oshirish; o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish; ta’lim sifatini ichki nazorat qilish;
- tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish; muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash; yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish; ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash; masofaviy ta’limni ochish.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
15:15 / 23.12.2025