Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekopartiya raisi Ekoqo‘mita raisi etib tayinlanadi
Deputatlar Ekologiya partiyasi raisi Narzullo Oblomurodovni Ekologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlashni ma’qulladi. Ekologik vaziyat murakkablashayotgan paytda lavozimga kelgan prezidentlikka sobiq nomzod endi saylov arafasidagi va’dalarini bajarishga bevosita vakolatli shaxsga aylanadi.
Bugun, 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
46 yoshli Narzullo Oblomuradov shu yil fevralidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
U shu yil oktabr oyidagi prezident saylovida 670 641 nafar saylovchining (4,14 foiz) ovozi bilan 4-o‘rinni egallagan.
Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimi 4 oydan buyon vakant edi. Sobiq rais Alisher Maqsudov bu mansabdagi 8 oylik faoliyatidan keyin, tanqidiy ruhda o‘tgan prezident yig‘ilishida ishdan olingandi.
Narzullo Oblomurodovga bu qo‘mita begona emas, u 2020 yil aprelidan Ekoqo‘m raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Faoliyati davomida, shuningdek, Prezident administratsiyasida mas’ul xodimi bo‘lib ishlagan Oblomurodov 2019 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Ekopartiya Jizzaxdagi atrofi betonlangan daraxtlar voqeasi sabab Ekoqo‘mitani tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
16:46 / 17.02.2026