Narzullo Naimoviç Oblomuradov Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi Ijroiya qömitasining yangi raisi etib saylandi. Partiya matbuot xizmati bu ma'lumotni Kun.uz’ga tasdiqladi.
U yangi lavozimda Komiljon Tojiboyev örnini egalladi. Köp yillar davomida Ekologik partiya yetakçisi bölgan Boriy Alixonov 2020 yilning noyabrida Senatning Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari qömitasiga rais bölib ketgaç, Tojiboyev uning örniga partiyaga rais bölgandi.
Narzullo Oblomuradov 2020 yil aprelidan buyon Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Muqaddam Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi sifatida işlagan Oblomuradov 2019 yilning avgustida «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.












