Jahon | 21:18 / 30.12.2021
4577
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili shifoxonadan qamoqxonaga qaytarildi

Mixail Saakashvili 8 noyabrda qamoqxonadan Tbilisidagi qamoqxona shifoxonasiga, 20 noyabrda Goridagi harbiy hospitalga o‘tkazilgandi.

Foto: TASS

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Goridagi harbiy hospitaldan Rustavi qamoqxonasiga olib kelindi. Bu haqda Ukraina oliy radasi deputati Yelizaveta Yasko ma’lum qildi.

“Gruziya vaqti bilan tungi soat ikkida Mixail Saakashvilini Goridagi hospitaldan majburan olib chiqishdi va Rustavi qamoqxonasiga olib ketishdi”, — deb yozdi Yasko.

Gruziya penitensiar xizmati Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonaga olib kelinganini tasdiqladi.

Saakashvili 29 sentyabrda Gruziyaga yashirincha qaytgandan keyin 1 oktyabrda Tbilisida hibsga olingandi. Shundan keyin u Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan va bunga norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan.

8 noyabrda u yaqinlari va advokatlari bilan kelishilmagan holda qamoqxonadan dastlab Tbilisidagi turma shifoxonasiga, 20 noyabrda Goridagi harbiy hospitalga o‘tkazilgandi.

 

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid