Jahon | 20:34 / 04.01.2022
6862
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyaning uch marta emlangan qiroli va qirolichasi koronavirus yuqtirib oldi

Pandemiya boshidan beri mamlakatda 1,3 milliondan ortiq kishida virus aniqlangan.

Foto: Ole Jensen/Getty Images

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va qirolicha Silviya koronavirusga musbat test topshirdi. Bu haqda qirollik saroyi bayonotiga tayanib Yevropadagi OAV xabar berdi.

"Uchta inʼeksiya bilan to‘liq emlangan qirol va qirolicha kasallikni yengil shaklda o‘tkazmoqda va o‘zlarini yaxshi his qilmoqda", - deyiladi bayonotda.

2021 yil oxirida Shvetsiyada sutkalik kasallik yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi – 11,5 mingdan ortiq holat.

Pandemiya boshidan beri mamlakatda 1,3 milliondan ortiq kishida virus aniqlangan, 15,2 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Mavzuga oid