Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh o‘zbekistonlik talabalar Qozog‘istondan Toshkentga qaytarildi
Qozog‘istonda tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba Toshkentga qaytarildi, deb xabar berdi «Dunyo».
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba “Uzbekistan Airways” samolyoti orqali uyga qaytdi.
- O‘tayotgan hafta davomida o‘zbekistonliklar qo‘shni Qozog‘istondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda, - deb yozgan Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ota-onalari qo‘mitasi raisi To‘ra To‘rayev. - Va ko‘pchilik ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘z yaqinlari hayoti uchun qayg‘urgani haqiqat. Bular orasida Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatiya vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Zarurat tug‘ilganda fuqarolar istalgan vaqti O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Almati (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatiya vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026