Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovga aloqador kompaniyaning «Kapitalbank»dagi ulushi 25 foizga yetdi
2021 yilning noyabr oyi boshida bankning 50 foiz ulushi Oybek Tursunovga o‘tgandi.
Milliarder Alisher Usmonovga aloqador «Telekominvest» kompaniyasi «Kapitalbank»ning 8,33 foiz aksiyalarini sotib oldi va bank ustav kapitalidagi ulushini 25 foizgacha oshirdi.
«Telekominvest» MChJ Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi.
«Kapitalbank»ning aksionerlari ulushida ro‘y bergan so‘nggi o‘zgarishga ko‘p bo‘lmadi. 2021 yilning noyabr oyi boshida tijorat bankining 34,1 foiz ulushini Oybek Tursunov sotib olgandi va shu bilan tadbirkor egalik qiladigan aksiyalar ulushi 50 foizga yetgandi. Uning qo‘lidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani tashkil qilmoqda.
Alisher Usmonovga qarashli kompaniyaga esa 98 959 960 dona aksiya o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida USM Telecom (Alisher Usmonovning USM holdingi shu’ba korxonasi) va «Megafon» aloqa kompaniyasi (100 foiz ulushi USM Telecom’ga tegishli) Digital Holding qo‘shma korxonasiga asos solgan, uning tarkibiga Ucell aloqa operatori va boshqa qator mahalliy kompaniyalar kirgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025