Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada qurilayotgan ko‘p qavatli binoning tashqi devorlari qulab tushdi
Voqea joyida bo‘lgan uch kishi omon qolgan. Qurilishda ishlayotgan yana olti kishining taqdiri noma’lum.
Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoning tashqi devorlari qulab tushdi. Bu haqda KBS World Radio xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bino qulashi Xvachjon-don rayonidagi Hyundai IPark majmuasi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. Voqea joyida bo‘lgan uch kishi omon qolgan. Qurilishda ishlayotgan yana olti kishining taqdiri noma’lum.
Rayon xavfsiz deb e’lon qilinganidan so‘ng yo‘qolgan ishchilarni qidirish boshlanadi.
Binoning 23-qavatdan 38-qavatgacha bo‘lgan tashqi devori tomga beton quyilgan vaqtda qulab tushgan. Majmua HDC Hyundai Development Company kompaniyasi tomonidan qurilayotgan bo‘lib, 2021 yilda Kvanchjuda qulab tushgan yana bir binoni ham aynan ushbu kompaniya qurgan. O‘shanda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026