Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Niva’ning tirkamasi chiqib ketib Tico bilan to‘qnashdi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida mashinaning tirkamasi chiqib ketib Tico bilan to‘qnashgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Mirzacho‘l tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Tico mashinasi ag‘darilib ketgan.
Jizzax-Gagarin avtomobil yo‘lining 72-kilometrida harakatlanib ketayotgan Niva mashinasining yuk ortilgan tirkamasi chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Tico mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Tico mashinasi ag‘darilib ketgan va uning haydovchisi hamda yo‘lovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026