Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada "gaz inqirozi" sababli favqulodda holat joriy etildi
Bosh vazirning ma’lum qilishicha, "Moldovagaz" kompaniyasi yanvar oyi uchun avans to‘lovini kechiktirish bo‘yicha "Gazprom" bilan til topisha olmagan".
Moldova parlamenti "gaz inqirozi" sababli mamlakatda 60 kun muddatga favqulodda holat e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, ushbu qaror hukumat taklifi bilan qabul qilindi.
Avvalroq Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa ana shunday taklif bilan chiqqandi. U buni "mamlakat energetik xavfsizligi uchun jiddiy xatar mavjud"ligi bilan izohlagandi.
Bosh vazirning ma’lum qilishicha, "Moldovagaz" kompaniyasi yanvar oyi uchun avans to‘lovini kechiktirish bo‘yicha "Gazprom" bilan til topisha olmagan".
"Gazprom" "Moldovagaz"ni yanvar uchun avans to‘lanmagan taqdirda gaz berishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgandi. Shartnomaga ko‘ra, "Moldovagaz" 20 yanvargacha dekabrda yetkazilgan gaz uchun to‘lov qilishi kerak edi. "Moldovagaz" 14 yanvar kuni dekabr uchun to‘liq to‘lov qildi.
Bundan tashqari, yanvar oyi uchun 20 yanvargacha 63 mln dollar miqdorida 50 foizlik oldindan to‘lov amalga oshirilishi lozim edi. "Moldovagaz" 38 mln dollar to‘lagan bo‘lib, yana 25 mln dollar to‘lashi kerak.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026