Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda metro bekatlari bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent shahrida Buyuk ipak yo‘li-Olmazor metro yo‘nalishlari bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkentda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani bois 25 yanvar kuni poytaxt metropolitenining ayrim yo‘nalishlari bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» tarkibidagi MAN RR3 (sayyohlik) rusumli avtobuslar ajratilgan bo‘lib, ular Buyuk ipak yo‘li va Olmazor yo‘nalishi bo‘yicha metropolitenning barcha stansiyalarida to‘xtab o‘tish asosida yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatadi.
25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
15:59 / 08.01.2026