Energetika vazirligi respublika elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar böyiça ikki bor bayonot berdi. Dastlabki bayonotda yirik avariya sababli respublikaning Toşkentdan boşqa şaharlarida ham svet öçgani tasdiqlangandi.
«Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklaş işlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlikning birinçi izohida.
Ikkinçi bayonotda ma’lum qilinişiça, avariya Qozoğistondagi energotizimda röy bergan. Hozir Özbekiston energetiklari stansiyalarni Qozoğiston energotizimidan uzib, öçgan tarmoqlarni alohida-alohida işga tuşirmoqda.
«Soat 10:57 da Qozoğiston Respublikasi Elektr tarmoğida katta avariya bölişi natijasida Olmaota, Çimkent, Taroz, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya ta’minotida öçişlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirğiziston elektr tarmoğida, jumladan Bişkek, Öş va boşqa barça şaharlarda elektr energiya öçişi kuzatildi.Yagona elektr tarmoğiga ulangan Özbekiston elektr tarmoği bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida Qozoğistondan keluvçi 530 liniyadagi kuçlaniş va çastota keskin özgarişi oqibatida Toşkent GRESi, Sirdaryo GRESida avariya himoya vositalari işlab ketib, bu ikkala stansiya ham avtomatik ravişda öçişiga olib kelgan.
Natijada Farğona va Toşkent şahri va viloyati, Farğona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qaşqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi öçdi.
Hozirgi vaqtda qöşni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir TETslarni alohida işga tuşirib, bosqiçma-bosqiç tarmoqlarni ulab, işga tuşiriş çoralari körilmoqda.
Avariya tafsilotlari böyiça qöşimça ravişda axborot beriladi», deyiladi xabarda.
Yana nima gaplar?
Taxminan soat 11:00 larda Toşkent şahri elektr energiyasida uziliş sodir bölgani ma’lum qilindi. Keyinroq uziliş butun respublika hududlari böylab röy bergani ma’lum böldi.
Avariya sababli Toşkent metrosi faoliyati töxtab qolgan.














