O‘zbekiston | 10:13 / 25.01.2022
6026
1 daqiqa o‘qiladi

Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga reyslar soni oshiriladi

Foto: AFP / Getty Images

O‘zbekiston fuqarolarining Umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2ta reys amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Shuningdek, Ramazon oyi davomida kunlik reyslar soni 3tagacha oshirilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilgani sababli o‘zbekistonlik umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori oshirilgan, deya izoh bergandi.

Bundan tashqari, Musulmonlar idorasi Kun.uz o‘tkazgan surishtiruvga javoban, Umra-2022 safarini tashkil etishda nega arzonroq narx taklif etgan shirkat tanlanmaganiga izoh bergan edi

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid