2022 yil 5 yanvar kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistonining “Abu Sarhad” şirkati bilan Umra-2022 ziyoratini amalga oşiriş böyiça hamkorlik şartnomasini imzoladi.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi

Keyinroq, bu şartnomadan kelib çiqqan holda, pandemiyadan avval Umra safari uçun tölovni amalga oşirganlar kamida 4 mln 770 ming söm qöşimça tölov qiliş zarurligi ma’lum qilindi.

Oradan köp ötmay, Kun.uz tahririyatiga “Manazel Al-Mukhtara Trading Co” kompaniyalar guruhi vakillarining murojaati kelib tuşdi.

Unda kompaniya Umra-2022 uçun tenderda iştirok etiş maqsadida Din işlari böyiça qömita, Musulmonlar idorasi va Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasiga bir neça marta ariza topşirgani, ammo tenderga taklif etilmaganini bildirdi.

Kompaniya vakilining aytişiça, “Abu Sarhad”ning takliflariga nisbatan maqbulroq va arzonroq takliflarni bildirişgan. Ammo komissiya noma’lum sabablarga köra ularni tanlamagan.

Şikoyatda yozilişiça, “Manazel Al-Mukhtara Trading Co” kompaniyalar guruhiga kiruvçi “Tariq Al-Matrafy For Umrah Services” şirkati Makka şahridagi Jabal Omar Hyatt Regency mehmonxonasida Özbekiston delegatsiyasi bilan muzokara ötkazgan. Keyinçalik rasmiy xat yöllab, ana öşa muzokarada berilgan takliflariga qöşimça yana beşta taklifni ham bildirgan.

Birinçi taklifda Özbekiston delegatsiyasiga ma’qul bölgan 5 yulduzli mehmonxonalarda xizmat körsatiş 10 kunlik Umra ziyorati narxi 900 AQŞ dollari emas, 810 dollar etib belgilangan. Bunga 900 AQŞ dollaridan ZOWAR platformasidan foydalaniş uçun taqdim etiladigan 10 foizlik çegirma kiritilgan.