Özbekiston musulmonlari idorasi Kun.uz saytida Umra-2022 safarini taşkil etiş böyiça tender natijasi asosida tayyorlangan maqolaga munosabat bildirdi.

«Özbekistonliklar uçun Umra-2022 arzonroq bölişi ham mumkin edi. Ammo...» sarlavhali maqolada «Umra-2022» safarini taşkil etiş böyiça hamkorlik şartnomasi imzolangan «Abu Sarhad» şirkati haqida söz boradi. Bundan taşqari, uşbu safarni taşkil etiş istagini bildirgan «Manazel Al-Mukhtara Trading Co» şirkatlar guruhi ilgari surgan takliflar oçiqlanib, Musulmonlar idorasiga quyidagi savollar yöllangan edi:

  1. 2022 yil uçun Haj va Umra safarlarini taşkil etiş böyiça hamkor kompaniyani tanlab oliş uçun tender qanday tartibda ötkazildi?
  2. Tender ötkazilişi haqida qaysi platformada e’lon qilingan? OAVda-çi?
  3. Tenderda iştirok etişni istagan şirkat qay tartibda, qaysi idoraga murojaat qilgan?
  4. Tenderda iştirok etiş istagini bildirgan şirkatlar qay tartibda saralangan?
  5. Tender ğolibi qaysi asoslarga köra ğolib deb e’tirof etilgan?
  6. Umra-2022 safarini taşkil etiş tenderida neçta şirkat qatnaşiş istagini bildirib, taklif yöllagan?
  7. Ularning nomlari va litsenziya raqamlari haqida ma’lumotlar taqdim etişingizni söraymiz.
  8. Tenderda «Abu Sarhad» transport-logistika kompaniyasi tanlab olingani ma’lum. Uning Haj-Umra safarlarini taşkil etişdagi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bersangiz;
  9. Uning boşqaruvida yoki xususiy mulkida qança mehmonxona va katering xizmatlari mavjud?
  10. «Abu Sarhad» kompaniyasining tenderdagi takliflarini oçiqlasangiz.
  11. «Manazel Al-Mukhtara Trading Co» tenderda qatnaşiş uçun qanday takliflar bergan?
  12. «Manazel Al-Mukhtara Trading Co»ning tanlov ğolibi deb topilmasligi sabablariga izoh bersangiz.

Şundan söng, Özbekiston musulmonlari idorasi munosabat e’lon qildi. Unda «Abu Sarhad» kompaniyasi sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda kanallari havolalari keltirilgan. Ma’lum qilinişiça, «Abu Sarhad» şirkati Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining haj va umra ziyoratlari xizmatlarini körsatiş uçun litsenziya olgan şirkatlar röyxatida mavjud, «Manazel Al-Mukhtara Trading Co» esa bu röyxatda yöq.