Nurota tumaniga yangi hokim tayinlandi
Prezident Administratsiyasi mutaxassisi Azamat Fayziyev Nurota tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanga shu paytgacha rahbarlik qilib kelgan Umarbek Xalilov oldinroq Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun xalq deputatlari Nurota tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov so‘zga chiqib, Fayziyev Azamat Ismatovichni tuman hokimi vazifasiga tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirgan. Qaror xalq deputatlari Nurota tuman kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Azamat Fayziyev bugungi kunga qadar Prezident Administratsiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan ishlash shu’basi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
18:02 / 16.09.2024
O‘zbekistonda ilk bor rahbarlikka tayyorlaydigan qo‘shma ta’lim dasturi ish boshladi
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024